Assalomu alaykum aziz o’quvchi! Men Shukrullo Turgunov. Dasturchi va oddiy inson. Andijon viloyatida tavallud topganman. Soham va qiziqishlarim Axborot Texnologiyalari (dasturlash, yuqori texnologiyalar, robotexnika, sun’iy ong va h.k.)

Siz ushbu blogni o’qib turgan ekansiz demak siz mening saytimdasiz va mening bloglarimga qiziqib yoki tasodifan kirib qoldingiz 🙂

Men ushbu blogimda o’zim ko’rgan kechirganlarim, ilingan maslahat va qo’llanmalarimni sizlar bilan baham ko’rib borishga harakat qilaman.

Mening soham, kasbim va qiziqishim Axborot Texnologiyalariga bevosita bog’liq bo’lganligi sababli ko’p maqolalarim texnik atama va terminlarga boy bo’lishi ham va yoki turli xil hazil mutoyibayu lirik chekinishlardan ham iborat bo’lishi mumkin. Buyog’iga endi ko’nikib olasizda a nima dedingiz? 🙂

Mayli nima bo’lganda ham men haqimda biroz bo’lsada ma’lumotga ega bo’ldingiz. Siz bilan tanishganimdan xursandman. O’ylaymanki siz ham xursandsiz 🙂

Ushbu blogga tez-tez tashrif buyurib yangi maqolalardan bahramand bo’lib, o’zingizga foydali bilimlarni olasiz degan umiddaman.

Keyingi maqolalarda ko’rishguncha 🙂